Bugun, 1-avgust ertalabki soat 8:30da Özbekistonning barça oliy öquv yurtlarida kiriş test imtihonlariga start berildi. Qayd etiş joizki, bu yil oliy ta'lim muassasalariga 57, 9 ming yigit va qizlar öqişga qabul qilinadi. 

Davlat test markazi ma'lumotlariga köra, bu yil mamlakat OÖYuga hujjat topşirgan abituriyentlar soni 663,2 mingdan ortadi. 

Şu bilan, mamlakat böyiça örtaça bitta öringa 11-12 nafar abituriyent da'vogarlik qilmoqda.

Ta'kidlaş joizki, Termiz Davlat universiteti eng ommabop oliy ta'lim muassasasi nomiga sazovor bölgan. Unga, 37676 abituriyent hujjat topşirgan. OÖYu orasida eng kam tanlangani Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi ekaniga oydinlik kiritilgan. Jami 227 nafar yoşlar uşbu maktab talabasi bölişni orzu qilmoqda. 

Toşkent tibbiyot akademiyasining Farğona bölimi tanlov eng yuqori böladigan OÖYu hisoblanadi. Uning 135 ta talabalik örniga 3352 kişi kuraşadi. Bu bir öringa örtaça 24,83 abituriyent töğri kelişini anglatadi. 

Barça abituriyentlarga özlari tanlagan oliy öquv yurtiga kiriş imtihonini muvaffaqiyatli topşirib olişni tilaymiz!