Raritet avtomobillarni sotiş bilan şuğullanuvçi Amerikaning LBI Limited kompaniyasi 1960 yillarda «Betmen» teleseriali uçun işlab çiqarilgan «Betmobil»lardan birini sotuvga çiqardi, deya xabar qilmoqda Classic Driver.
Maşina, dizayner Jorj Barris kolleksiyasida saqlangan bölib, aynan u «Betmobil»ni Lincoln Futura kontsept-kari negizida işlab çiqqan edi. Avtomobil-kabriolet avtomatik uzatmalar qutisi va 8 silindrli Ford Galaxie motoriga ega. Uşbu maşina, 1966/1968 yillarda Amerika televideniyesida namoyiş etilgan teleserialda foydalaniş uçun işlab çiqilgan beşinçi maşinadir.

Hozirça, uning boşlanğiç narxi e'lon qilinmayotgan bölsa-da, mazkur namuna 2013 yili Barrett-Jackson kimoşdi savdo uyi tomonidan 4,2 million dollarga sotilgan edi. Xaridor «Betmobil» bilan birga Betmenning — «Betsikl» mototsikliga ham egalik huquqini qölga kiritadi.































