Barselona qanday qilib yaşaş uçun möljallanmagan şaharçadan san'at durdonasiga aylandi?

XIX asr örtalarida Barselonada ilğor portga ega sanoat şahri bölgan va vaqt ötgan sari u yerdagi kişilar soni köpaya boşlagan. Şahar Ispaniyaning qolgan qismidan sezilarli ravişda ildamlab ketgan va Yevropa davlatining poytaxti bölişga tayyor edi. Şunga qaramay, uning 187 ming kişidan iborat aholisi kiçik hududni öz içiga olgan qal'a çegaralarida yaşaşda davom etgan. 

Bir gektarga 856 kişi aholi ziçligiga ega şaharda ösib borayotgan ölim körsatkiçlari Parij va Londonning bunday körsatkiçlaridan ança yuqorilab ketgan – bu yerdagi hayotning örtaça davomiyligi yaxşi ta'minlangan aholi uçun 36 yoş, işçi sinf uçun 23 yoşni taşkil qilgan. Şahar devorlari soğliq uçun tahdid sola boşlagan. 1843 yilda hukumat devorni buziş zarurligini aytib, xalqqa murojaat qilgan. 

Bir yil ötib, demontaj işlari boşlangan. Endi şahar va hukumat ösib borayotgan aholini qayta joylaştirişga oid loyiha ustida işlab, uni amalga oşiriş qolgandi. Öşa paytlar hali tanilmagan me'mor Ildefons Serda şaharni radikal  kengaytiriş loyihasini taklif qilgan – eski devorlar taşqarisida – köçalarning törsimon joylaşuvi rejasini taqdim etdi va uni “Eşample” (eixample — «kengayiş») deya nomladi. 

XIX asr boşlariga kelib, qal'a devorlari orasida siqilib qolgan eski Barselona şu qadar tölib ketdiki, işçilar ham, zodagonlar ham, fabrikalar ham bir joyda joylaşişiga töğri kelgan, deb yozadi “Eşample: 150 yillik tarix” kitobi muallifi Lyuis Permane. Köçalar markazida arkalar surilgan, oldinga çiquvçi fasad texnikasi qöllangan, qarama-qarşi binolar deyarli bir-biriga yopişib qolgan. Yöl harakati (ot-aravalar) ham qiyinlaşgan: şaharning eng tor köçasi kengligi atigi 1,1 metrni taşkil qilgan va taxminan 200 köça uç metrdan tor bölgan. Bu Örta yer dengizi hayot tarzi bilan uyğunlaşib, şusiz ham şaharning noçor gigiyenik ahvolini yanada tubanlaştirgan. 

Barselona halokatli epidemiyalarni boşidan ötkazgan: Barselona geografiya va urbanizatsiya Avtonom universiteti professori Monserrat-Pallares-Barberaning yozişiça, ularning har biri aholining 3 foizini qirib taşlagan. 1834 yildan 1865 yilga qadar vabo 13 mingdan ortiq kişining hayotiga zomin bölgan. Serda ana şu damda öz işini boşlagan. Uning rejasi eski şahar va uning atrofidagi yetti qişloqni birlaştiruvçi töğri burçakli törsimon köçalar qurişni öz içiga olgandi.