
Pinal okrugi şerifi bolani xavfli holatda qarovsiz qoldirganlikda ayblab, ota-onani qamoqqa oldi.
Amerikaning Arizona ştati politsiyasi er-xotin Brent va Briyenn Deylilarni qölga oldi. Ular, Pokemon GO öyiniga şunçalik berilib ketganidan 2 yoşli öğillarini köçada qarovsiz qoldirgan. BuzzFeed portalining xabar qilişiça, gödak bir neça soat 35 darajali jaziramada qolib ketgan.
Ma'lum bölişiça, uyning çimli maydoni yaqinida yiğlab turgan bolani qöşnilar körib qolib, politsiyaga qönğiroq qilişgan. Hodisa joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari, bolani birgina futbolka va taglik bilan topişgan. Uning özi "çirkin, yuzlari qizargan va terga botgan" bölgan.
Huquq posbonlari bolaning ota-onasiga qönğiroq qilişganda, Brent "farqi yöq" deya telefonni öçirib qöygan. Bir soatlardan keyin uyiga qaytib kelişgaç, politsiyani körgan Deylilar bolani uxlatib, maşinaga gaz töldiriş uçun ketişganini aytişgan. Biroq, keyinroq oydinlaşiça, ular şu atrofda pokemonlarni ovlaş bilan ovora bölişgan.
Şundan söng, okrug şerifi ularni hibsga olib, bolani davlat qaramoğiga topşirgan.















