Moskvaning Lefortovo sudi Rossiyada josuslikda ayblanayotgan The Wall Street Journal gazetasining amerikalik jurnalisti Evan Gerşkoviçni hibsga oliş muddatini 30 avgustgaça uzaytirdi. Bu haqda 22 may, seşanba kuni “Interfaks” agentligi xabar berdi.

“Sud tergovçining qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini 30 avgustga qadar uzaytiriş haqidagi iltimosini qanoatlantirdi”, — deyiladi sudda. Gerşkoviç işi böyiça materiallar maxfiy bölganligi sababli ehtiyot çorasini uzaytiriş böyiça yiğiliş yopiq eşiklar ortida ötkazildi.

Lefortovo sudi matbuot xizmati xabariga köra, sudda jurnalistning Rossiyaga AQŞdan kelgan ota-onasi iştirok etgan, biroq ularga sud majlisining özida iştirok etişga ruxsat berilmagan. AQŞ Davlat departamenti uçraşuvda bir elçixona xodimi iştirok etganini xabar qildi.

Gerşkoviç aprel boşidan beri hibsda. Bu vaqt içida amerikalik diplomatlarga bir neça bor jurnalist bilan uçraşiş uçun konsullik ruxsati berilmagan. Rossiya Taşqi işlar vazirligi bu "rossiyalik jurnalistlarga vizalar berilmaganiga javoban" qilingani bilan tuşuntirdi.