Hindistonning ayrim ommaviy axborot vositalarida uşbu davlatning Bihar ştatida hibsda uşlab turilgan özbekistonlik ayollar haqida ma’lumotlar tarqatildi, deb xabar qilmoqda «Dunyo».
Mamlakatning Dehlidagi elçixonasi uşbu masalaga oydinlik kiritiş maqsadida çora-tadbirlar kördi. Ma’lum bölişiça, özbekistonlik uç nafar ayol 2021 yil oktabr oyida Hindiston-Nepal çegarasining Bihar ştatidagi hududidan noqonuniy tarzda ötayotganda qölga olingan.
Arariya şahridagi birinçi instansiya sudi 2022 yil avgust oyida Özbekiston fuqarolarini mamlakat hududidan çiqarib yuboriş (deportatsiya qiliş) töğrisida çiqargan qaroriga qaramasdan turli byurokratik tösiqlar va yurisdiksiyaning murakkabligi sababli ular haligaça uşlab turilgani aniqlandi.
Elçixona tomonidan Hindiston Taşqi işlar vazirligi va Bihar ştatining tegişli idoralari bilan mazkur holat yuzasidan rasmiy muloqotlar ötkazilmoqda. Vaziyat nazoratga olingani va fuqarolarni vatanga qaytariş böyiça tegişli çoralar körilayotgani aytilgan.
Diplomatik missiya vatandoşlarni Hindistonga safar qilişdan oldin turli şubhali guruh yoki şaxslarning yolğon va’dalariga aldanib qolmaslik, uşbu mamlakatga kiriş va unda bölib turiş çoğida mahalliy qonunçilik talablariga qat’iy rioya qilişga çaqirgan.
















