Rossiya yangi, serxarajat qurollaniş poygasiga aralaşmaydi, biroq milliy xavfsizlikni samarali ta'minlaş borasida qayğuradi. Rossiya taşqi işlar vazirligining qurollarni tarqatmaslik va nazorat qiliş masalalari böyiça departamenti boşliği Mixail Ulyanov, AQŞning yangi B61-12 rusumli yadro bombalarini işlab çiqişga tayyorlanayotgani xususidagi xabarga şunday munosabat bildirgan. 

Uning RIA Novostiga bergan intervyusida aytişiça, gap Yevropaning beş mamlakati (Belgiya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya va Turkiya)da joylaştirilişi rejalaştirilgan yagona rusumli yadroviy kallak haqida bormoqda. U, nomi tilga olingan mamlakatlardagi Amerika yadro qurollarini yangilaşi kerak. 

Ulyanovning qöşimça qilişiça, mavjud ma'lumotlarga köra, modernizatsiya qilingan bombalarning bir qismi AQŞ hududida ham zaxirada saqlanadi.