Oliy rada deputati Nadejda Savçenkoning bayonot berişiça, u Petr Poroşenkoni xuş körmagani uçun 2014 yilgi prezidentlik saylovida boşqa nomzodga ovoz bergan. Bu haqda, u Newsone telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi, deya xabar qilmoqda «Ukrainskiye novosti».

«Men uning biron harakatidan qoyil qolganmidim? Men bu odam uçun ovoz bermaganman. Men Dmitriy Yaroşga ovoz berganman («Pravyy sektor» millatçi harakat)», — degan Savçenko. 

Savçenko öz tanlovini, ukrain jamoatçiligi yangilikka qançalik tayyor ekanini köriş istagi bilan izohlagan.