Janubiy Koreyaning Samsung smartfonlar işlab çiqaruvçi kompaniyasi mahsulotlari sönggi ikki yilda ilk marotaba Apple mahsulotlariga qaraganda köproq uluşga ega böldi. Strategy Analytics agentligining hisobotida şu haqda söz yuritilgan, deya xabar qilmoqda TASS agentligi.

Xabarda aytilişiça, Samsung Electronics kompaniyasining Şimoliy Amerika smartfon bozoridagi uluşi hisobot davrida 5 foizga ösib, 32,7 foizga yetgan. Strategy Analytics agentligi ta'kidlaşiça, bu vaqt içida Apple kompaniyasining mazkur bozordagi hissasi 32,6 dan 24,5 foizgaça qisqargan. 
Bu holat, sönggi ikki yilda ilk marotaba qayd etilmoqda. 

Uçinçi örinni LG Electronics kompaniyasi 16,3 foizlik uluş bilan egallagan bölsa, uning ortidan 9,5 foizlik körsatkiç bilan Xitoyning ZTE kompaniyasi bormoqda. Beşinçi örinni 4,6 foizlik hissa bilan TCL va Alcatel baham körgan.