AQŞ prezidenti Barak Obama bugun 4 avgust kuni 55 yoşligini nişonlamoqda. Sönggi 8 yilda u jahonning ham iqtisodiy, ham harbiy jihatdan eng qudratli davlatini boşqarib kelmoqda. Obama prezidentlik lavozimida nimasi bilan xotiralarda muhrlanib qoladi – bu haqida fotojamlanmamizda batafsil. 

1.  2008 yilgi saylovoldi kampaniyasi davomida unça taniqli bölmagan Illinoys ştati senatori Barak Obamaning AQŞ prezidenti bölişini heç kim kutmagandi. U prezidentlik saylovlarida ğolib bölgan birinçi afroamerikalik hisoblanadi. 

2.  Otasi keniyalik, onasi amerikalik bölgan Barak Obama Havayi ştatida tavallud topgan. Maktabda öqigan davrida u giyohvand moddalar iste'mol qilgan. Biroq Harvardda öqişga kirgunga qadar özini bosib olgan va ijtimoiy loyihalarni taşkillaştiriş tajribasiga ega böldi. Harvardda Obama huquqşunos diplomini olgan. 

3.  Barak Obama Rossiya bilan munosabatlarni qayta örnatiş “ğoya”sini qöllab-quvvatladi. U 2010 yilda e'lon qilingan. Biroq Moskvada bu ğoya unça tuşunilmadi. Amerika rahbari va Rossiya prezidenti Vladimir Putin örtasidagi munosabatlardan buni payqaş qiyin emas – ayniqsa ilk yillarda.

4.  2009 yilning boşida prezidentlik lavozimini egallagan Obama şu yilning kuz oyidayoq Nobel mukofotini qölga kiritdi. Bu bir qator davlatlarda tuşunmovçiliklarni keltirib çiqardi. Şunga qaramay Nobel qömitasining qarorida mantiq bölgan. Obama Oq uyga kelişi bilan prezident siyosatda yangi söz ayta oladigandek va muammoli mintaqalar bilan munosabatga kirişa oladigandek tasavvur uyğotgan. 2009 yilda bu eng avvalo Yaqin Şarq mamlakatlari edi. Suratda – Barak Obama Oq uyda Minnatdorçilik kunini nişonlamoqda. 

5.  AQŞ davlat kotibi Hillari Klinton va Obama çin ma'noli  işonçli munosabatlar qura olişmadi. Bu Obamaning birinçi muddati nihoyasiga yetgaç, Klinton prezidentlik jamoasini tark etganidan keyin yaqqol namoyon böldi. Şunday bölsa-da, ular hozir birga. Klinton – Demokratik partiyaning Oq uyda hukmronligini saqlab qolişi uçun yagona umidi.