AQŞ prezidentligiga Respublikaçilar partiyasidan nomzod Donald Tramp öz raqibi demokrat Hillari Klintonni yana bir bor IŞIDni taşkil qilişda aybladi. Trampning ta'kidlaşiça, AQŞ prezidenti Barak Obama Klintonni davlat kotibi etib tayinlaganidan "afsuslanişi" kerak. Hillari Klinton uşbu lavozimda 2009-2013 yillar faoliyat yuritgan.

«Klinton olib borgan siyosat IŞIDni yuzaga keltirgan», - deya Trampning sözlaridan iqtibos keltirgan TASS agentligi.  

Milliarderning aytişiça, sobiq davlat kotibining Yaqin Şarqda olib borgan siyosati u yerda turli guruhlarning vujudga kelişiga sabab bölgan.

«Hillari Klinton IŞID tomonidan mukofotlanmoği darkor», - deya qöşimça qilgan milliarder.