Nyu-York şahri fuqarosi Nik Jonson (Nick Johnson) Pokemon GO öyinidagi barça maxluqlarni ovlaş uçun dunyo böylab sayohat qilişdan ham tap tortmadi. U, safari çoğida ilovadagi barça pokemonlarni topişning uddasidan çiqqan. Öyinda jami 145ta pokemon bölib, şimoliy amerikalik öyinçilar ularning 142tasini ovlay olişadi, deb xabar qilmoqda Mashable.

Jonsonning pokemonlari töplamidagi eng sönggisi Kangasxan bölib, uni ovlaş uçun Nik Sidneyga parvoz qilgan. Bu maxluqni Avstraliya va Yangi Zelandiyadagina topiş mumkin. Amerikalikning tan olişiça, Kangasxanni topişda unga mahalliy fuqarolar yordam bergan. 

Nik Yevropada sargardon yuruvçi Janob Maymni Parijda ovlagan bölsa, Hongkongga borganida Farfetçda Jonsonning oviga tuşgan. Bundan taşqari, u pokemonlarni ovlaş çoğida Tokioga ham safar qilgan. 

Uning qayd etişiça, öyinda hanuzgaça, barça pokemonlar mavjud emas. Xususan, Pokemon GO öyiniga Ditto, Myu va Myutu joylaştirilmagan. Jonsonning fikriça, işlab çiqaruvçilar ularni keyinroq öyinga qöşişadi.