Toşkent şahridagi yangi köngiloçar va istirohat boği «Anhor-Lokomotiv»ning oçiliş marosimi 8-avgustda bölib ötadi. Bu haqda, boğning Facebook ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida e'lon qilingan.

8 gektar maydonga ega boğ «Anhor» kanali böyida, Şayxontohur tumanining Labzak va Zulfiyaxonim köçalari oraliğida joylaşgan. 

Uning hududida restoran, bir neça tamaddixona, musiqali va yoritqiçli fontanlar, bolalar öyin maydonçalari, şuningdek, 320 kişiga möljallangan yozgi kinoteatr mavjud. 

Unda, şaharda yagona bölgan alohida attraksionlar ham örnatilgan. Uning yopiq hududida, şuningdek, MDH mamlakatlarida yagona bölgan eng uzun kartodrom va öyinlar markazi ham barpo etilgan. 

Şu bilan birga, boğ mehmonlari Özbekistonning yettita diqqatga sazovor joylarining mitti maketlarini ham köra olişadi: Xivaning Kalta-minori, Samarqanddagi Şerdor madrasasi, Buxoradagi Minora-i Kalon, Andijonning Bobur yodgorlik majmuasi, Temuriylar muzeyi, Toşkent kurantlari va Toşkent TV minorasi. 

«Anhor» sohiliga uzunligi 40 metrlik yirik musiqali fontan qurilgan bölib, u suvni 50 metr balandlikkaça purkay oladi.