AQŞ prezidenti Barak Obamaning qizlaridan biri öziga iş topdi. Hello naşrining yozişiça 15 yoşli Saşa yozgi ta'tildan foydalanib Massaçusets ştatidagi Martas-Vin'yard orolida joylaşgan Nancy's restoranida işlay boşlagan.
Bu restoranda u ofitsiant sifatida mijozlarga xizmat qilmoqda. Ya'ni, u stollardan idişlarni yiğiştirib oliş va buyurtmalar qabul qiliş bilan şuğullanadi.

Saşaning xavfsizligini ta'minlaş uçun maxfiy xizmat xodimlari qöriqçi sifatida biriktirilgan, lekin Obamaning qizi özini mutlaqo erkin his qilişi ta'minlangan. Ular restoran yaqinidagi maşinada navbatçilik qiladi.

Boston Herald naşrining yozişiça, Saşa (uni oilasida şunday ataşadi, töliq ismi Nataşa) Obama öz iş joyiga 6 kişi hamrohligida kelgan.
"U birinçi qavatda, oziq-ovqatlar sotiladigan bölimda işlayapti. Biz avvaliga unga nega 6 kişi yordam berayotganini tuşunmagandik, lekin keyinroq uning kimligini bildik", - degan Saşaning hamkasblaridan biri.
Oq uydagilar hozirça bu xabarga munosabat bildirmagan. Lekin Saşaning onasi Mişel Obama biroz oldinroq öz qizlarini oddiy fuqarolar qatori tarbiyalaşni istaşi haqida aytib ötgandi.
Nancy's restorani baliqli taomlari bilan maşhur. Obamalar oilasi Martas-Vin'yardga yozgi ta'tilni ötkaziş uçun kelganida bu restoranga köp marta taşrif buyurgan.











