Toşkent şahridagi «Lesson Press» naşriyotida notiqlik san'atiga qiziquvçilar uçun yangi kitob naşr qilindi. Uning muallifi taniqli jurnalist Rahimboy Jumaniyozov.
Kitob ikki bobdan iborat bölib, birinçi bob «Nutqning asosiy sifatlari» deb ataladi. Ikkinçi bobga esa «Nutq mahoratining ikkinçi tomoni» deb nom berilgan. Kitobda 18 xil mavzu haqida söz ketadi. Jumladan, nutqning boyligi, soddaligi va jöyaliligi haqida alohida bölimlarda mulohaza yuritilgan. Şuningdek, muallif mavzuga doir qator aforizmlarni ham keltirgan. Kitob yakunida fan yuzasidan berilgan test materiallari kitobxonning bilim darajasini oşiriş hamda mustahkamlaşga xizmat qiladi.











