O‘zbekistonlik bokschilar orasida birinchi bo‘lib ringga ko‘tarilgan Xurshid Tojiboyev qatarlik Hoqon Eresker bilan kechgan bahsda raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va 3:0 hisobida zafar quchib, nimchorak finalga chiqdi.
Endi Xurshid Tojiboyev 9 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan nimchorak final bahsida britaniyalik Jozef Kordina bilan kuch sinashadi.











