Kinorejissyor Frensis Koppolla LG OLED TV haqidagi taassurotlari bilan örtoqlaşadi
Kinorejissyor Frensis Ford Koppola töq rangli, belgili tasvirlar haqida yaxşi ma'lumotga ega. Kinoteatrlarda original Technicolor uskunalari yetişmayotgan bir vaqtda OLED televizorlari tim qora kinematografik sahnalar uçun ayni muddao.
Bu OLED’ga bölgan qiziqişi LG kompaniyasining spikeriga aylantirgan 77 yoşli rejissyor mazkur texnologiyaga oid fikrlari bilan örtoqlaşdi. LG – bunday yuqori sifatli ekranga ega televizorlarni yaratuvçi yagona işlab çiqaruvçi.
«Men uçun – bu yorqin, haqqoniy va tiniq tasvirlarning tiklanişi. Mazkur texnologiya tufayli qora rangdan boşlab to oq ranggaça ranglar spektri nazorat ostida böladi», - dedi u USA Today naşriga bergan intervyusida.
Koppolaning «Don Karleone», «Çöqintirgan ota» filmlari töq rangli sahnalarga boy. «Apokalipsis hozir» filmida Martin Şin (kapitan Uillard rolida) daryodagi tim qora suvdan çiqib keladi. Brem Stokerning «Drakula»sida esa ajin bosgan qonxör vampir (Geri Oldman) britva lezviyasidan qip-qizil qonni yalaydi.
Koppolaning aytişiça, «Çöqintirgan ota» filmi ssenariynavisi – «Zulmat şahzodasi» laqabini olgan Gordon Uillis «filmning töq ranglarda olinişi borasida tavakkalga qöl urgan». «U filmni şunday tasvirga olganki, kadrlar deyarli ekspozitsiyasiz bölgan, lekin u işining uddasidan çiqib, ularni juda çiroyli suratga olişga muvaffaq bölgan. Filmni LĞning OLED televizorlari ekranida tomoşa qilsangiz, Siz haqiqatdan ham yorqin qora tuslarni qora fonda körasiz».
Agar OLED’ga mehr qöygan bölsangiz, u holda faqat LG Sizlarga bunday imkoniyatni tuhfa qiladi. Biroq OLED displeylarini işlab çiqariş katta xarajat talab qiladi. Raqobat yöq bölgan hollarda OLED displeyning narxlari nisbatan keng tarqalgan LCD displeylardan ança yuqori böladi. Boşqa işlab çiqaruvçilar ham bozorga OLED displeylarni olib çiqişni rejalaştirişgan, lekin uni amalga oşirişmagan.
Ular USA Today’ga bergan intervyularida tadqiqot ötkazişda davom etişayotgani va televizion ekran texnologiyalari borasidagi yangi imkoniyatlar uçun oçiq ekanliklarini ma'lum qilişgan. Ularning bildirişiça, noorganik kvant nuqtali panellar iste'molçilar uçun eng yaxşi tanlov hisoblanadi.
Koppola olti yil avval Hollivud kinostudiyasidagi yozuv stolining ustida kiçik OLED displeyini körib qolganidan buyon LG kompaniyasi nomidan matbuot-konferensiyasi ötkazib, özining taassurotlari bilan bölişadi. “Harakatlanişini hisobga olmaganda, bu mohirona çop qilingan suratdek körinardi”, - dedi u.
U paytlar hattoki 20 dyuymli hajmga ega displey ham juda qimmat – taxminan 20 000 dollarni taşkil qilgan va u keng ommaga möljallanmagan bölgan. Koppola displeylar uçun yoruğlik talab qilmaydigan ultrayupqa organik tasmalar yaratuvçi texnologiyani kuzatişda davom etadi.











