Jahon | 08:47 / 08.08.2016
5882
1 daqiqa o‘qiladi

Pokistondagi suv toshqinlari 29 kishining umriga zomin bo‘ldi

Pokistonda so‘nggi uch kun ichida kuchli jala keltirib chiqargan suv toshqinlari sabab kamida 29 kishi halok bo‘ldi. Bundan tashqari, yana yigirmaga yaqin kishi izsiz g‘oyib bo‘lgan. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Sind muzofotidagi Karachi shahrida 14 kishi halok bo‘lgan va bir necha kishi jarohat olgan. Noqulay ob-havo tufayli elektr energiyasi ishdan chiqqan.
O‘z navbatida, Belujiston muzofotidagi Xarnay shahrida sakkiz kishi halok bo‘lgan, besh kishi jarohat olgan.
Mamlakatning janub va janubi-g‘arbiy qismlarida ham odamlar o‘lgan. Janubiy tumanlarning aksariyatida ko‘chalar suv bilan to‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid