BMT Boş Assambleyasining 1994 yil 23 dekabrda qabul  qilgan (№ 49/214) rezolyutsiyaga köra, 10 yil mobaynida har yili 9 avgustda Jahon tub xalqlari Xalqaro kuni (International Day of the World’s Indigenous) nişonlanişi belgilandi. Oradan 10 yil ötib, ya'ni 2004 yil 20 dekabrda Boş Assambleya yana bir (№ 59/174) rezolyutsiya qabul qildi. Unda jahon tub xalqlari Xalqaro kunini nişonlaş borasida ikkinçi ön yillik joriy etildi. Ikkinçi ön yillik “Harakatlar va qadriyatlar ön yilligi” şiori ostida ötkazildi. Boş Assambleya BMT Boş kotibiga murojaat qilib, hukumatlar bu kunni milliy miqyosda ötkaziş lozimligi tavsiya qilindi.

Bu kun har yili biror-bir şior ostida nişonlanadi. Ötgan yili  “2015 yildan keyingi kun tartibi: tub xalqlarning soğliği va farovonligini ta'minlaş” şiori ostida ötkazilgan edi. 2014 yilgi şior esa “Tarqoqlikni bartaraf etiş: tub xalqlar huquqlarini ta'minlaş” edi. Bu yilgi mavzu “Tub xalqlarning ta'lim oliş huquqi”, deb nomlanadi. Şuni ta'kidlab ötiş kerak-ki, tub xalqlarning ta'lim oliş huquqlari BMTning tub xalqlar huquqlari töğrisidagi Deklaratsiyada himoya qilingan. Hujjatning 14-moddasida tub xalqlar özlarining ta'lim tizimlari va öquv muassasalarini taşkil qiliş va nazorat qiliş, ona tillarida ta'lim oliş huquqiga ega ekanliklari belgilab qöyilgan. Tub xalqlar vakillarining ta'lim oliş huquqi boşqa xalqaro hujjatlarda ham  kafolatlangan.

Biroq şunga qaramay ayrim mamlakatlarda tub xalqlarning ta'lim oliş huquqi töla ma'noda ta'minlanmagan. Ta'lim tub xalqlar huquqlarini ta'minlanişida muhim ahamiyat kasb etadi. Çunki, aynan ta'lim orqali ular öz madaniyatlari, til va bilimlarini saqlab qolişlari mumkin. Şu sababli ham xalqaro hamjamiyat tub xalqlarning ta'lim olişiga katta ahamiyat qaratib keladi. 

Tub xalq vakillari deganda kimlar tuşiniladi? 

BMTning Kamsitişlarning oldini oliş va Kamçilik huquqlarini himoya qiliş komissiyasining Maxsus Hisobotida “bosqinçilar egallab olgunga qadar tarixiy hududlarida istiqomat qilgan aholi vakillari tub xalq” deb aytilişi ta'kidlanadi. Bugungi kunda dunyoda 300-500 million atrofida tub xalq vakili istiqomat qiladi. Tub xalqlarni yer yuzining barça hududlarida uçratiş mumkin. Ularning röyxatiga Uzoq Şarqdagi evenki, Şimoliy Amerikadagi eskimos va aleutlarni,  Skandinaviyadagi saamlarni, Yangi Zelandiyadagi maorilarni, Amerika hindularini kiritiş mumkin. Amerikada hindular “tub amerikaliklar” deyiladi.  Ayrim mamlakatlarda tub xalqlar mamlakat aholisining katta qismini taşkil qilsa, boşqa mamlakatlarda ozçilikdan iborat. Şu sababli ham tub xalq vakillari öz yerlarini, tillarini, madaniyatlarni, an'anaviy turmuş tarzlarini saqlab qolişga intilib keladi. Tub xalqlar boy madaniy xilma-xillikni saqlovçilardir. “Tub xalqlar” iborasi xalqaro-huquqiy muomalaga kiritilgan va BMTning bir qator hujjatlarida öz aksini topgan. “Aborigenlar”, “avtoxtonlar”, “tuzemliklar” “tub aholi” kabi atamalar ham bölib, ammo bu iboralar huquqiy hujjatlarda işlatilmaydi.