Hyperloop texnologiyasi Nyu-York va Pekin orasidagi masofani atigi 2 soatda bosib o‘tishga qodir. Ilon Mask bunday g‘oyani 2013 yilda taklif qilgan va boshqalar bu ishni davom ettira olishlari uchun ilmiy jamiyatini tuzgan. 

  Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari va Dubai Future Foundation boshqaruvchi direktori Muhammad Al-Jarjoviy bu borada shunday deydi:  "A'lo hazratlari Shayx Muhammad bin Rashid Al-Maktum Dubayni insoniyatga bog‘liq kelajak rejalari birgalikda amalga oshiriladigan global platformaga aylantirish niyatidalar. Ushbu ko‘rik-tanlov transport sektorida innovatsion g‘oyalarni o‘rganish uchun ajoyib imkoniyatdir".

Jarjoviyning so‘zlariga ko‘ra, bu oxir-oqibat global iqtisodiy o‘sishga olib keladi.