Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikadagi to‘fonda 50ga yaqin inson halok bo‘ldi
Meksika uzra hukm surgan "Erl" tropik to‘foni qurbonlari soni 49 nafarga yetdi, deb ma'lum qilgan mamlakat fuqaro mudofaasi milliy muvofiqlashtiruvchisi Luis Felipe Puente.
Asosan, Puebla, Verakrus va Idalgo shtatlari fuqarolari aziyat chekkan. eng ko‘p halok bo‘lganlar Puebla shtatiga to‘g‘ri kelib, bu yerda 35 kishi qurbon bo‘lgani xabar qilinmoqda. Avvalroq, tabiiy ofat tufayli 46 kishining hayotdan ko‘z yumgani haqida ma'lum qilingan edi. Ular, uylarida jon saqlayotgan vaqtda ko‘chki ostida qolib ketishgan.
Shu bilan birga, hozircha qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlangani yo‘q. Qutqaruvchilar ko‘chki sodir bo‘lgan joylarda faoliyatlarini davom ettirishmoqda. Puentening aytishicha, 35 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda. Yaqin orada, tabiiy ofatdan talofat yetgan hududlarni ko‘rish uchun Uauchinango shahriga Meksika prezidenti Enrike Penya Neto tashrif buyuradi.
Mavzuga oid
23:45 / 12.06.2026
JCh boshlandi: Raul gol urdi, Eronni siqishmoqda
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
14:37 / 11.06.2026
Mundial tanishtiruvi. A guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
17:59 / 10.06.2026