Kanadada yaşovçi ayol Pokemon Go öyinini yaratgan kompaniyani sudga berdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Ayolning şikoyati şundan iboratki, pokemon öyinini öynovçilar ayolning şaxsiy hayotga huquqini buzmoqdalar. U pokemon işqibozlari u yoki bu pokemonni uşlaş uçun uning uyi panjaralaridan bir neça bor oşib tuşganini aytdi. Bundan taşqari, ular uning uyi qarşisida yangi pokemonlarning paydo bölişini muntazam kutib ötiradilar.
"Biz bu yerga odamlar uyim panjaralaridan oşib tuşişi uçun emas, osoyiştalikda yaşaşga kelganmiz. Bizning uyimizga notanişlar qaraşini istamaymiz. Şanba kuni kimdir orqa hovlimizda öyinni öynaş uçun dron uçirdi", deb şikoyat qilmoqda ayol.
Ayol öyinning öziga heç qanday e'tirozi yöqligini, biroq uning uyi hududida öynalmasligi kerakligini aytdi. Uning aytişiça, u öyin yaratuvçilariga uning uyi hududini öyindan çiqarib taşlaş iltimosi bilan murojaat qilgan va iltimosi körib çiqilişi haqida avtomatik ravişda javob olgan. Ayolning ta'kidlaşiça, hanuzgaça heç narsa özgarişsiz qolmoqda va şu sababli u sudga murojaat qilgan.











