Qadrli muxlislar! Özbek dublyaj mahorati böyiça yetakçi örinda turişidan xabaringiz bor. Quyida barça uçun sevimli bölgan, “Madagaskar” multfilmida uçraydigan özbekça qoçirimlar bilan tanişamiz. Hayratlanarlisi, uşbu iboralar multfilmning asl variantida umuman tilga olinmagan.

1-holat. Melmen (Jirafa) – “Tinib tinçimagan odamlar-e, nimalarni öylab topişmaydi-ya!” (“Mahallada duv-duv gap” kartinasidagi ibora)

2-holat. Aleks (Şer) – “Pingvinlarni, birinçi navbatda, “çangi”ni çiqaramiz, söng keçirim söraymiz”.

3-holat. Şikifer (Pingvin) – “Eşik jozibanga bardoş bera oldi”.

4-holat. Şikifer (Pingvin) – “Tezlik yetişmayapti, Kavskiyning nokli reaktorini işga soliş vaqti keldi”.

5-holat. Gloriya (Begimot) – “Duklyar reaktori?”

6-holat. Şikifer (Pingvin) – “Nokli dedim!”

7-holat. Aleks (Şer) – “Özingga mahkam böl, qöşningni öğri tutma!” (Özbek xalq maqoli)

8-holat. Şikefer (Pingivin) – “Nima qilayotganingizni yaxşi bilasiz, deb öylayman. Biz bu pulga zobitni kollejda öqitmoqçi edik!”












