Bollivud yulduzi Şoh Rux Xon Twitter tarmoği orqali AQŞ aeroportining immigratsion organlari tomonidan uçinçi marta uşlanib qolinayotganligiga nisbatan öz noroziligini bildirdi.
50 yoşli hind aktyori 2012 yilda Nyu-York immigratsiya xizmati xodimlari tomonidan uşlanib qolgan, öşanda uning hindistonlik muxlislari AQŞni irqçilikda ayblaşgandi.
"Men dunyoda xavfsizlik saqlanişi kerakligini yaxşi tuşunaman va buni hurmat qilaman, lekin har safar AQŞ aeroportida uşlanib qolaveriş juda jonga tegdi", - deb yozadi Xon öz tvitterida.
Xonning uşlanib qolganligi haqida hind telekanallarida xabar tarqalganidan keyin AQŞ davlat kotibi yordamçisi Nişa Bisval sodir bölgan voqea yuzasidan tezda uzr söradi.
"Aeroportdagi tanglik uçun uzr söraymiz, hattoki amerikalik diplomatlar ham bunday holatlarga duç kelişadi", - deb yozadi Bisval tvitterda.
Vaşington Xonning ismi şarifi musulmonça bölgani uçun uşlanib qolgani töğrisidagi ma'lumotni inkor qildi.
2012 yilgi voqeadan söng Xon bu borada hazillaşib şunday degan:
"Ha, doim şunday böladi...Har safar mağrurligim tutsa, Amerikaga çipta olaman. Immigratsiya xizmati xodimlari yulduzdan yulduzni "tepib çiqarişga" usta bölişadi.
2009 yilda ham xuddi şunday voqea yuz bergan, öşanda ham hind xalqining noroziligidan söng AQŞ tomon uzr söragan.











