AQŞ prezidentligiga Respublikaçilar partiyasidan nomzod Donald Tramp kuni keça Barak Obama haqida gapirgan gaplari piçingdan boşqa narsa emasligiga izoh berdi. 

  11 avgust kuni OAVda Tramp AQŞ prezidenti Barak Obamani IŞID terrorçi guruhini taşkil qilganlikda ayblagan bölsa, prezidentlik poygasidagi raqibi Hillari Klintonni guruhning hammuassisi, deb atagani haqida xabar berilgandi.  

"CNN Barak Obamani IŞID asosçisi, deb ataganimni juda jiddiy yetkazib berdi. Ular piçingni tuşunişmaydi çoği?", - deb yozdi Tramp özining tvitterdagi sahifasida. 

  Şuningdek u telekanallar şu yöl orqali öz reytinglarini kötarib olmoqçi ekanliklarini aytib, televideniye xodimlari heç qaçon u nimani nazarda tutayotganligini tuşuna olmasliklarini ta'kidladi.