13 avgust kuni Apple boş rahbari Tim Kuk öz lavozimini egallaganiga beş yil tölişi munosabati bilan The Washington Times gazetasi uning iştirokidagi katta intervyuni taqdim etdi. Ma'lumki, 2011 yilning avgust oyi oxirida Stiv Jobs soğliği tufayli kompaniya boşqaruvini topşirgan. Kuk intervyu davomida Apple'ning ötmişdagi xatolari, smartfonlar bozoridagi hukmronligi, öz hayot tarzi va biroz kompaniya yangiliklari bilan bölişdi. E'tiboringizga suhbatning eng diqqatga sazovor lavhalarini havola etamiz.

 

Boş direktor lavozimi haqida

Kuk dastlab boş direktor bölişni istamasligini aytgan, u daromad va xarajatlarni hisoblab, direktorlar kengaşi va aksiyadorlar oldida hisobot topşiriş örniga kompaniya xodimlari, turli mamlakatlardagi mijozlari, qurilmalarni yiğadigan işçilar haqida qayğurişni xuş köradi. 

"Ehtimol, mening qaraşlarim an'anaga u qadar töğri kelmas. Buning uçun meni ba'zan tanqid ham qilişadi, bilaman.

Boş direktor lavozimi yolğiz kişilarga möljallanganligi haqidagi gap-sözlar har tomonlama töğri. Men heç kimdan hamdardlik kutmayman. Mening işim dunyodagi eng yaxşi iş". 

 

Smartfonlar bozori haqida

Ikki çorakdan buyon davom etib kelayotgan ayfon sotuvlarining pasayib ketişi tufayli köpçilik tahlilçilar Apple'ga qarşi gapira boşlaşdi - kompaniya daromadining uçdan ikki qismi aynan ayfonlar sotuvidan tuşmoqda. Biroq ularga bölgan qiziqiş pasaya boşladi. 

Kukning fikriça, smartfonlar Apple uçun eng maqbul bozorligiça qolmoqda, zero kompyuterlar va televizorlar kiçik miqdorda sotilmoqda: ularni bir neça kişi bir bölib işlatişi mumkin, smartfon esa har bir insonga kerak. Bundan taşqari Kukning sözlariga köra, inson kelgusida smartfonga yanada köp boğlanib qoladi. 

"Sun'iy intellekt bu mahsulotning ahamiyatini yanada kuçaytiradi. Smartfon bugunga nisbatan yaxşiroq yordamçiga aylanadi. Bugungi kunda smartfonsiz uydan çiqmasangiz-da, kelajakda siz unga butkul boğlanib qolasiz.

Işlab çiqariş darajasi şiddat bilan yuqoriga kötariladi va smartfonlarning örnini heç nima bosa olmay qoladi.