14 avgust kuni Kiprda 22 yoşli Britaniya fuqarosiga piçoq bilan hujum qilingan, böyin sohasidan jiddiy jarohat yetkazilgan sayyoh öşa yerning özidayoq jon bergan.
Jorj Lou Kiprdagi Ayya-Napa kurortiga dam olişga kelgan bölgan.
Mamlakat politsiyasining ma'lum qilişiça, Jorj bilan birga yana bir 22 yoşli britaniyalik ham hujumga yöliqqan.
Famagusa tuman politsiyasi boşliği yordamçisi Jorjios Ekonomouning sözlariga köra, ikki britaniyalik serqatnov köçalardan birida piyoda ketayotganida, ularga noma'lum kimsalar piçoq bilan hujum qilişgan.
Yigitlardan biri halok bölgan bölsa, ikkinçisi hayot uçun katta xavf solmaydigan törtta jarohat olgan.
Bevaqt halok bölgan Louning oilasiga yordam tariqasida pul yiğiş uçun maxsus JustGiving sahifasi taşkil etildi.
Kişilar ijtimoiy tarmoqlar orqali dartfordlik Louning yaqinlariga hamdardlik bildirişmoqda. Jorjni taniganlar u haqida faqat iliq fikrlar bildirişmoqda.
"Biz 14 avgust kuni Kiprda halok bölgan Britaniya fuqarosining oilasiga yordam körsatyapmiz va bu iş yuzasidan tergov olib boruvçi mahalliy hukumat organlari bilan aloqada bölamiz", - dedi taşqi işlar vazirligi vakili.











