Nyu-York politsiyasi şahar masjidlaridan birining imomini öldirişda gumon qilinayotgan şaxsni qölga oldi, deb yozmoqda New York Post.

Imom Mavlono Akonji va uning yordamçisi Thara Uddin 13-avgust kuni kunduzi, peşin namozini ado etişgandan söng, uylariga qaytayotganda Ozon-parkda otib ketilgan edi. Politsiyaning ma'lum qilişiça, ularga orqadan turib boşiga öq uzilgan. Jinoyat sodir etişdan avval, qotil va marhumlar örtasida muloqot bölmagan. 

Xabarlarga köra, politsiya xodimlari ğarazgöyni, uning eski Chevrolet Trailblazer maşinasini kuzatiş vositasida aniqlaşgan. Politsiyaning taxmin qilişiça, qotil 4 yil avval Bangladeşdan Nyu-Yorkka köçib kelgan imom bilan taniş bölgani ehtimol. 

Hozirça, 35 yoşli gumondorga ayblov e'lon qilinmagan.