15 avgust oqşomida Angliya premer-ligasining 1-turidan örin olgan sönggi öyinda, «Stemford Brij» stadionida «Çelsi» va «Vest Hem» klublari kuç sinaşdi. Derbi maqomidagi bu öyin mezbonlarning kiçik hisobdagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Birinçi bölimda «Çelsi» taşabbusga ega bölsa-da, raqib darvozasini işğol eta olmadi.
Ikkinçi bölimning dastlabki daqiqalarida mehmonlar himoyaçisi Aspiliketaga nisbatan jarima maydoni içida qöpollik qildi. Natijada boş hakam penalti belgiladi. Eden Azar uni aniq amalga oşirib, jamoasini hisobda oldinga olib çiqdi.

Şundan söng «Vest Hem» jonlanib qoldi va raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni sodir eta boşladi. 77-daqiqada hisob tenglaşdi. Burçak zarbasidan oşirilgan töpni «Çelsi» himoyaçilari qaytara olişmadi, uni egallab olgan Kollinz jarima maydoni içidan darvozaga aniq zarba yölladi - 1:1.

Öyinning asosiy vaqti tugaşiga sanoqli soniyalar qolganida mezbonlar hujumçisi Diyego Kosta çamasi 25 metr masofadan kuçli va aniq zarba yöllab, darvozaning uzoq, pastki burçagiga töpni kiritib yubordi - 2:1.

Şu tariqa Konte boşçiligidagi «Çelsi» Angliya çempionatini ğalaba bilan boşladi.

Angliya çempionati. 1-tur.
15 avgust. London. «Stemford Brij»
«Çelsi» – «Vest Hem» 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: Azar (47 pen), Diyego Kosta (89) – Kollinz (77)
Çelsi – Kurtua, Keyxill, Aspilikueta, Ivanoviç, Terri, Kante, Matiç, Oskar (Batşuayi, 85), Villian (Pedro, 80), Azar (Mozes, 85), Diyego Kosta.
Vest Hem – Adrian, Kollinz, Rid, Masuaku, Kuyate, Antonio (Bayrem, 52), Nobl, Nordtveyt (Payyet, 67), Ayyu (Tere, 35), Valensiya, Kerroll.
Ogohlantirişlar: Kante (3), Diyego Kosta (19), Kollinz (21), Antonio (46), Aspilikueta (75), Pedro (90).












