Milliy olimpiya qömitasi Braziliyada bölib ötayotgan XXXI yozgi Olimpiya öyinlarining 16 avgustdagi çiqişlari jadvalini e'lon qildi (Toşkent vaqti bilan körsatilgan).



Kanoeda eşkak eşiş
Özbekiston sportçisi Gerasim Koçnev kanoeda eşkak eşiş böyiça final bahslariga kirişadi. Bellaşuv Toşkent vaqti bilan 17:08da bölib ötadi.
Baydarkada eşkak eşiş
Özbekistonlik yana bir sportçi Aleksey Moçalov baydarkada eşkak eşiş böyiça 9-16-örinlar uçun bahs olib boradi. Bellaşuv Toşkent vaqti bilan 18:12da bölib ötadi.
Yengil atletika
Özbekistonlik yengil atletikaçi Valentina Kibalnikova 100 metrga tösiqlar oşa yugurişning saralaş bahslarida iştirok etadi. Uning iştirokidagi bahslar Toşkent vaqti bilan 19:40da bölib ötadi. Bundan taşqari, özbekistonlik yana bir yengil atletikaçi Yuliya Tarasova uzoqlikka sakraş bahslarining saralaşida iştirok etadi. Bellaşuv Toşkent vaqti bilan 05:05da bölib ötadi.
Oğir atletika
Özbekistonlik ikki nafar oğir atletikaçi Sardorbek Döstmurodov va Rustam Jangibayev Rio Olimpiadasining oğir atletika bahslariga kirişişadi. Bellaşuvlar Toşkent vaqti bilan 23:30da ötkaziladi.
Boks
Rio Olimpiadasida zafarli yuriş qilayotgan Özbekiston boksçilarining çorak final bahslari bugun ötkaziladi. Unga köra, Fazliddin Ğoibnazarov 64 kilogrammgaça vazn toifasida AQŞlik boksçi Rassel Gray bilan uçraşadi. Bellaşuv Toşkent vaqti bilan 20:15da ötkaziladi. Murodjon Ahmadaliyev esa 56 kilogrammgaça bölgan vazn toifasida argentinalik sportçi Melian Ezikel bilan ringga kötariladi. Bellaşuv Toşkent vaqti bilan 01:45da bölib ötadi. Yana bir özbekistonlik boksçi Bahodir Jalolov (+91 ) Buyuk Britaniya vakili Jozef Joys bilan kuç sinaşadi. Bahs Toşkent vaqti bilan 02:45da ötkaziladi.










