Hindistonning Jammu va Kaşmir ştatida jangarilar Hindiston armiyasi harbiy karvoniga hujum qilişi oqibatida 2 nafar harbiy xizmatçi va politsiyaçi halok bölgan, deb xabar qilmoqda mahalliy politsiya idorasi.
Hodisa yarim tunda Baramulla tumanida sodir bölgan. Jangarilar karvonga pistirmadan hujum qilgan. PTI agentligi xabariga köra, qurbonlardan taşqari yana ikki harbiy yaralangan.
Qayd etilişiça, jangarilar voqea joyini tark etişgan, xavfsizlik kuçlari ularni qidirmoqda.
Xabarlarga köra, uşbu voqea jangarilarning mazkur ştat xavfsizlik kuçlariga uyuştirayotgan ikkinçi xurujidir. 15-avgust duşanba kuni, mamlakatning mustaqillik kunida jangarilar Şrinagar şahri çekkasida politsiyaçilarga hujum qilişi oqibatida töqqiz kişi yaralangan, bir politsiyaçi halok bölgandi. Şu kuni huquq posbonlari 7 nafar jangarini yer tişlatgandi.











