Şimoliy Koreya hukumati yadro kallaklari uçun plutoniy oliş maqsadida yadro yoqilğisini qayta işlaşni boşlagani töğrisidagi xabarlarni tasdiqladi, deb xabar qilmoqda Yaponiyaning Kyodo agentligi.

Bundan taşqari, KXDR AQŞ tomonidan tahdidlarga barham berilmas ekan, bu boradagi işlab çiqarişni töxtatmasligiga urğu bergan. 

Ta'kidlanişiça, rasmiy Pxenyan birinçi marta plutoniy işlab çiqarayotganini tasdiqlayapti. Bundan taşqari, yadro qurollari boyitilgan urandan işlab çiqilişiga aniqlik kiritilgan.