Rossiya mudofaa vazirligi «Kursk» atom suvosti kemasining halokati haqida hikoya qiluvçi kinokartinani suratga oliş uçun Lyuk Besson kinostudiyasiga harbiy inşootlardan foydalanişga ruxsat bermadi. Suratga oliş işlarini sentabr oyida boşlaş rejalaştirilgan edi. Endilikda, u noma'lum muddatga qoldirildi, deb xabar qilgan The Hollywood Reporter.

«Bizga hozirça ruxsat berişmadi. Har holda ularning bundan ham muhimroq işlari borga öxşaydi», — degan film prodyuseri Andrey Sigl. 

Uning sözlariga köra, suratga oliş jarayonini boşqa joyga köçiriş haqida gap ham bölişi mumkin emas. Şunga köra, film jamoasi Rossiya hukumatining izn berişiga işonmoqda. 

«Kursk» atom suvosti kemasi 2000-yil 12-avgustida Rossiya Şimoliy flotining Barents dengizidagi harbiy öquv maşğulotlari çoğida halokatga uçragan edi. Uning bortidagi barça ekipaj a'zolari, 118 nafar harbiy dengizçi halok bölgandi.