Malayziya hukumatiga köra,  900 ming litr dizel yoqilğisini taşiyotgan neft tankeri öğirlab ketilgan, deb xabar qilmoqda Reyter axborot agentligi.

Malayziya dengiz qöriqlaş boşqarmasi (Malaysian Maritime Enforcement Agency, MMEA) xabarida aytilişiça, ayni vaqtda Vier Harmoni kemasi Indoneziyaning Batam şahri suvlarida turibdi. Hozirça, tankerni olib qoçganlarning şaxsi aniqlanmagan.
 
"Dastlabki tergov natijalariga köra, kema içki muammolar sabab öğirlab ketilgan", — deya ma'lum qilgan boşqarma rahbari Ahmad Kahar ijtimoiy tarmoqlarda. 

Reyterning ma'lum qilişiça, 392,7 ming AQŞ dollari miqdoridagi dizel yonilğisini olib ketayotgan tanker Malayziyaning Tanjung Pelepas (Tanjung Pelepas) portidan yölga çiqqan. 

MMEA boşqarmasiga köra, kema noma'lum kimsalar tomonidan Malayziyaning Kuantan portiga yaqin hududida egallab olingan.