Xorvatiya sönggi 14 yil mobaynida Adriatika dengizidagi 5ta orolini sotib yubordi, deb xabar qilmoqda Serbiyaning Tanjug agentligi.
"Ön yillar muqaddam, Xorvatiyaning orol va mitti orolçalarini sotişi şarmandali voqea va fojia deb baholanar edi", - deb yozadi naşr. Garçi uşbu tabiiy boyliklarni tez orada xorijlik milliarderlar xarid qilib olişi borasida xavotirlar bölganiga qaramay, "natijalar unçalik ham hayratlanarli va jiddiy emas – 14 yil içida atigi 5ta orol sotilgan", - deb qöşimça qiladi agentlik.
Ularning orasida birinçilardan bölib, 2002-yili Smokvitsa oroli 9 mln kun (Xorvatiya milliy valyutasi nomi) yoki 1,1 mln yevroga sotilgan edi.
"2000-yili Fraşker va Fraşkeriç orollarini rossiyalik magnat Vladimir Yevtuşenkov firmasi sotib olgandi. 2005-yilda Yaklyan orolçasi 6 mln yevro evaziga Goran Ştrokka sotilgandi. Mehmonxonalardan birini xususiylaştiriş çoğida, sarmoyadorlardan biri Hayot oroliga egalik huquqini ham xarid qilgandi", - deb yodga oladi Serbiya agentligi.
Ma'lumotlarga köra, Adriatika dengizining Xorvatiyaga tegişli hududida 1244 orol va mitti orolçalar bölib, ularning atigi 65tasi özlaştirilgan va ularda odamlar yaşaydi. Şu bilan birga, orollarning 85 foizi davlatga qaraşli va ularni sotiş rejalaştirilmagan.
Bundan taşqari, orolni sotmoqçi bölgan xususiy şaxs, 2006-yili qabul qilingan oldi-sotdi qonuniga kiritilgan tuzatişlarga muvofiq, dastlab uni mahalliy hokimiyat, viloyat va yoki davlat hokimiyatiga tavsiya qilişi lozim. Agar, davlat tomonidan ikki oy muddat içida qiziqiş bildirilmasa, şundan sönggina xususiy mulk sifatida sotilişi mumkin böladi.












