Yaqinda Oliy Majlis Senatining navbatdagi sessiyasi bölib ötişi kutilmoqda. Parlamentning quyi – Qonunçilik palatasi ham bir qator qonun loyihalarini Senatning VI sessiyasi muhokamasiga kiritmoqda. Bu haqda Norma.uz sayti Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Aliya Yunusovaga asoslangan holda xabar qilgan.
Şunday hujjatlar orasida Qonunçilik palatasi tomonidan uç öqişda qabul qilingan «Özbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartişlar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi ham bor.
«Soğlom ona va bola» Davlat dasturining ikkinçi bandi Jinoyat kodeksiga 3 yoşgaça farzandi bölgan onalarga nisbatan (ularning bolani tarbiyalaş böyiça ta'tilga çiqişidan qat'iy nazar) jinoiy qonunçilikni yanada liberallaştirişga qaratilgan özgartişlar kiritiş belgilangan. Unga muvofiq, bunday ayollarni axloq tuzatiş işlariga jalb etmaslik közda tutilgan.
Özbekiston Asosiy Qonunining 65-moddasiga binoan, onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza etiladi. Konstitutsiya talablarini ijro etiş maqsadida, Jinoyat kodeksining 46-moddasida axloq tuzatiş işlari homilador ayollar va onalik sababli ta'tilga çiqqan ayollarga qöllanilmaydi.
Mazkur moddaga muvofiq, (yarim yildan 3 yilgaça bölgan) axloq tuzatiş işlari sudlanuvçining iş joyi yoki boşqa joyda ötkazilib, iş haqining 10dan 30 foizgaça bölgan qismini davlat hisobiga ötkazişni nazarda tutadi. Şu bilan birga, bu qoidalar, nafaqa yoşiga yetganlarga, mahnat layoqatiga ega bölmaganlarga, homilador va onalik bilan boğliq ta'tilga çiqqan ayollarga hamda harbiy xizmatçilarga nisbatan qöllanilmaydi.
Milliy qonunçilik tahlili şuni körsatdiki, Jinoyat kodeksining 46-moddasi onalik bilan ta'tilda bölgan ayollarga nisbatan axloq tuzatiş işlarini qöllaşga imkoniyat bermaydi. Biroq, mazkur me'yor doimiy iş joyiga ega bölgan ayollarga nisbatan qöllaniladi. Şu bilan işsiz ayollarning huquqi poymol qilingan böladi. Ayni nuqson Oliy sud plenumi tomonidan qabul qilingan «Sudlarning jinoiy jazo tayinlaş amaliyoti töğrisida»gi qarorining 19-bandi bilan töldirilgan.
Ayni toifadagi ayollarning huquq va manfaatlarini, ularning mehnat faoliyatidan qat'iy nazar ta'minlaş maqsadida, şuningdek, jinoiy jazolarni liberallaştiriş uçun mas'uliyatli organlar bilan kelişilgan holda 3 yoşgaça farzandi bölgan har qanday onaga axloq tuzatiş jazosini tayinlamaslik töğrisidagi qonun loyihasi tayyorlangan.












