Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi muhojirlar 2016-yilning o‘tgan davri mobaynida patent uchun qancha sarflagani ma'lum qilindi
Xorijlik muhojirlar RFda ishlash huquqini beruvchi patent olish maqsadida Rossiya subektlari byudjyetiga yil boshidan beri 21 milliard rublga yaqin mablag‘ o‘tkazishgan. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan qariyb ikki barobar ko‘p demakdir, deb ma'lum qilgan Rossiya IIV muhojirlik masalalari bo‘yicha Bosh boshqarma rahbari Olga Kirillova.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday ko‘rsatkichga mehnat muhojirlarini kvotalash tizimini patentlash xizmatiga almashtirish tufayli erishilgan.
"Muhojirlikni ma'muriy boshqarish usulidan iqtisodiy nazorat qilish usuliga o‘tish o‘zini to‘liq oqladi. Shu bilan birga, Rossiyada qonuniy ishlamoqchi bo‘lgan xorijiy fuqarolarning ishga joylashishi ancha oson bo‘ldi", — deya hikoya qilgan Kirillova vazirlikning "SHCHit i mech" gazetasiga bergan intervyusida.
"Hududiy organlar 46 milliondan ortiq turli xil murojaatni ko‘rib chiqishgan. Ular orasida eng ommaboplari rossiyaliklarni va xorijiy davlatlardan kelgan muhojirlarni ro‘yxatga olish bo‘ldi. Bundan tashqari, 3 mlndan ortiq ichki pasportlar tayyorlangan, shundan 400 mingga yaqini Moskva va Moskva viloyatiga to‘g‘ri keladi", — degan Kirillova.
Mavzuga oid
11:20 / 01.07.2026
Rossiya 7 ta temiryo‘l chegara punkti faoliyatini to‘xtatdi
10:55 / 01.07.2026
Sirskiy: Rossiya Chernixiv viloyatiga hujum qilishni rejalashtirmoqda
08:55 / 01.07.2026
Rossiya va Euroclear o‘rtasidagi nizo Belgiya sudigacha yetib bordi
08:39 / 30.06.2026