Bangladeş şarqidagi qişloqlardan birida hind seriali yuzasidan vujudga kelgan tortişuv jiddiylaşib, ommaviy töpolonga aylangan. Buning oqibatida 100 kişi jarohatlangan, deb xabar qilmoqda Frans Press agentligi politsiya idorasiga tayangan holda.
Ma'lum bölişiça, Habiganj tumanining bir guruh fuqarolari Dhol qişloğidagi restoranda bengal tilidagi, insoniyatni yovuzlikdan qutqaruvçi jangçi-malika hayotidan hikoya qiluvçi "Kiranmalu" (Kiranmala) – teleserialini tomoşa qiliş uçun töplanişgan.
Tomoşa çoğida paydo bölgan tortişuv, avvaliga dahanaki jangga kuçayib, söngra ur-yiqitga aylangan. Alamzada serial muxlislari restoranni vayron qilişgaç, bir-birlarini tayoqlar bilan urib, piçoqlagan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari özidan ketgan kinomuxlislarni tinçlantiriş uçun rezina öqlar va yoş oqizuvçi gazdan foydalangan.
"Gap şundaki, ikki erkak serialdagi epizodlardan biri böyiça tortişib qolgani masalani guruh-guruh bölib hal etişga aylanib ketgan", — degan politsiya vakili.
Jarohat olgan yuz kişidan 15 nafarini şifoxonaga yotqizişga töğri kelgan.












