AQŞning 42-prezidenti Uilyam (Bill) Jyefferson Blayt III (Klinton) 1946 yilning 19 avgust kuni Houp (Arkanzas ştati, AQŞ) şahrida dunyoga kelgan. Uning otasi öğlining tuğilişiga bir neça oy qolganda avtohalokatda halok bölgan. Bill 4 yoşga kirganida uning onasi Rojyer Klintonga turmuşga çiqqan. Buning natijasida Bill uning familiyasini olgan.

Klinton maktabda yaxşi öqigan, öquvçilik yillarida u saksafon çalgan va jaz-bend guruhini boşqargan.
Maktabni tugatgaç, Jorjtaun universitetiga öqişga kirgan va 1968 yilda xalqaro munosabatlar mutaxassisligi böyiça bakalavr bosqiçini tugallagan.

1968 yilda Klinton Oksford universitetida Rods nomidagi stipendiya sovrindoriga aylanadi. AQŞga qaytgaç, u Yyel universitetining huquqşunoslik bölimida tahsil oladi va 1973 yilda uni muvaffaqiyatli yakunlaydi.

Yyelda Bill bölajak turmuş örtoği Hillari Rodem bilan tanişib qoladi.
Universitetni tugatgaç, Klinton Arkanzasga qaytadi va 1976 yilga qadar Arkanzas universitetining huquqşunoslik maktabida saboq beradi.
1974 yilda u Arkanzas ştatidan demokratlar vakili sifatida kongressmenlikka öz nomzodini qöyadi, lekin muvaffaqiyatsizlikka uçraydi.
1975 yilda Bill Klinton Hillariga uylanadi. 1980 yilning fevralida Bill va Hillari Klintonlar oilasida qiz farzand dunyoga keladi, unga Çelsi deb ism qöyişadi.
1976 yilda Klinton Arkanzas ştatining boş prokurori lavozimiga tayinlanadi.
1978 yilda u ştat gubernatorligi saylovlarida ğolib böladi va AQŞning eng yoş gubernatori, deya e'tirof etiladi.
1980 yilda Bill navbatdagi gubernatorlik saylovlarida mağlub böladi. U Little Rock yuridik firmasida faoliyat olib boradi.
1982 yilda Klinton yana bir bor Arkanzas gubernatorligi uçun saylovlarda iştirok etadi va unda ğalaba qozonib, 1992 yilga qadar şu lavozimda xizmat qiladi.















