Rio-2016 olimpiadasida navbatdagi musobaqalar kuni yakunlandi. Ayni damga kelib medallar hisobi böyiça norasmiy röyxatda 100ta medal bilan (35-33-32) AQŞ yetakçilik qilmoqda. Amerikaliklar şu kuni 5ta oltin, 1ta kumuş va 1ta bronza qölga kiritirişdi.
Ikkinçi örindagi Buyuk Britaniya termasi hisobidagi jami medallar soni 56taga yetgan, britanlar bu kunda 3ta oltin, 2ta kumuş va 1ta bronza olişdi (22-21-13). Xitoy esa 58ta medal töplab, uçinçi örinda bormoqda (20-16-22).
18 avgust kuni Olimpiadada 25ta medallar şodasi öynaldi. Olimpiadaning 13-kunida özbekistonlik boksçi Murodjon Ahmadaliyev yarim final jangida yengilib, bronza medal bilan kifoyalangan bölsa, 75 kg vazn toifasida Bektemir Meliqöziyev meksikalik raqibini mağlub etib finalga yöl oldi.
Özbekiston delegatsiyasi ayni vaqtda 2ta oltin, 1ta kumuş va 5ta bronza medal bilan 29-örinda joylaşgan.
Ayni vaqtda medal olgan delegatsiyalar soni 81tani taşkil qilmoqda.
Rio-2016
Rio-de-Janeyro, Braziliya
18 avgust
Badminton, ayollar, juftlik razryad
1. Misaki Matsutomo – Ayaka Takaxaşi (Yaponiya)
2. Kristina Pedersen – Kamilla Ritter-Yul (Daniya)
3. Ken In Çon – Son Çxan Sin (Janubiy Koreya)
Baydarka va kanoeda eşkak eşiş
1000 m, erkaklar, baydarka-juftlik
1. Maks Rendşmidt – Markus Gross (Germaniya)
2. Marko Tomiçeviç – Milenko Zoriç (Serbiya)
3. Ken Uolles – Laklan Teym (Avstraliya)
200 m, erkaklar, kanoe-yakkalik
1. Yuriy Çeban (Ukraina)
2. Valentin Demyanenko (Ozarbayjon)
3. Isakiya Kueyro Dos Santos (Braziliya)
200 m, erkaklar, baydarka-juftlik
1. Saul Kraviotto – Kristian Toro (Ispaniya)


















