Endilikda 8 karra Olimpiya çempioni, yamaykalik maşhur sprinter Useyn Bolt unga sportda boşqa heç narsani isbotlaşga hojat qolmaganini aytdi. U bunday fikrni Olimpiya yangiliklar xizmatiga bildirdi. 

Yamaykalik sprinter Rioda 200 metrga yuguriş musobaqasida özining sakkizinçi Olimpiya oltin medalini qölga kiritdi. U masofani 19,78 soniyalik natija bilan bosib ötdi.

"Menga boşqa heç narsani isbotlaşga hojat qolmadi. Men buyuk ekanligimni dunyoga yana nima bilan isbotlay? Men maşhur futbolçi Pele va afsonaviy boksçi Muhammad Ali kabi sportçilardan biri bölişga harakat qilganman. Umid qilamanki, men bu Olimpiadadan keyin ulardan biri böldim", deb aytdi sprinter.

Bolt, şuningdek, Riodagi Olimpiada uning faoliyatidagi sönggisi bölişini ma'lum qildi. "Fikrimça, bu mening oxirgi Öyinlarim böladi", deb aytdi 29 yoşli Bolt.

Bolt 8 karra Olimpiya çempioni, 11 karra jahon çempioni hisoblanadi. Uning natijasi yengil atletika tarixidagi eng yaxşi natija hisoblanadi. 

Sportçi 100 metr (9,58 soniya) va 200 metrga yugurişda (19,19 soniya) amaldagi jahon rekordsmeni hisoblanadi.