Rio Olimpiadasida 4 x 100 m estafetasida oltin medalni qölga kiritgan Useyn Bolt Olimpiada tarixida eng köp medal olgan ikkinçi sportçi sifatida e'tirof etildi. Ikkinçi öringa Useyn bilan birga ikki nafar yengil atletikaçining nomi – amerikalik sprinter va uzoqlikka sakrovçi Karl Lyuis va finlyandiyalik örta masofaga yuguruvçi Paavo Nurmi (1920 yildagi bahslarda qatnaşgan) bilan qayd etilgan.

Useyn özi uçun sönggi Olimpiada bölgan uşbu bahslarning barça töqqiz bosqiçida  ğalaba qozondi. U 100 va 200 metrga yuguriş va 4 x 100 m estafetasida ğolib böldi.

Ma'lumot uçun, Olimpiada öyinlarida oltin medallar soni böyiça yetakçi örinda amerikalik suzuvçi Maykl Felps bormoqda. Uning hisobida 23 ta Olimpiada oltin medali bor.