Buyuk Britaniyaga taşrif buyurayotgan sayyohlar soni mamlakatning Yevropa Ittifoqidan çiqişi böyiça ötkazilgan referendumdan bir oy keyin 18 foizga oşdi. Bu haqda Tourism Alliance tadqiqotiga iqtibos keltirgan holda Trevelmole portali xabar bermoqda. 

Sayyohlik bozorining 500 iştirokçisi orasida ötkazilgan tadqiqot funt sterlingning zaiflaşişi britaniyaliklar orasida xorijiy va içki sayyohlikning rivojlanişiga kömak berişini körsatdi. Biroq Tourism Alliance direktori Kurt Yanson bunday ösiş qisqa muddatli bölişini ta'kidlab ötdi. Şu munosabat bilan sarmoyaçilar mahalliy sayyohlik biznesining kelajagi borasida ikkilanmoqda.

Yanson 70 foiz xorijiy sayyohlar Yevropa Ittifoqi davlatlaridan kelişini va şuning uçun sayyohlik sohasi uçun Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya fuqarolarining erkin harakatlanişi imkoniyatini saqlab qoliş muhimligini ta'kidlab ötdi.