Joriy yilning 19 avgust kuni viloyat hokimligining katta majlislar zalida “Hokim va yoşlar” uçraşuvi loyihasi doirasida Kitob tuman hokimi, tuman “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati Vasiylik Kengaşi raisi Uzoq Xudoyqulov bilan tumanning bir guruh faol yoşlari uçraşdi.

Uşbu uçraşuvni taşkil etişdan asosiy maqsad - yoşlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ularni demokratik tamoyillar, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ma'nan yetuk va jismonan soğlom fuqarolar bölib voyaga yetişlarida kömaklaşiş, yoşlarning ta'lim siyosatini takomillaştiriş, ilm oliş kafotlarini yanada mustahkamlaş hamda yangi innovatsion loyihalarni hayotga tadbiq etiş borasida takliflarlarini oliş, ularning ma'naviy barkamol şaxs bölib, jamiyatga öz örinlarini topişlari hamda sohaning yetuk mutaxassislari bölib yetişişlari uçun kömaklaşişdan iboratdir.

Bugungi kunda mamlakatimizda yoşlar uçun köplab imkoniyatlar yaratilmoqda va eng quvonarlisi bu imkoniyatlarning kölami kun sayin kengayib bormoqda, - deydi Harakatning viloyat Kengaşi Matbuot xizmati xodimi Ahror Sodiqov. – Şuningdek, yoşlar bilan tuman hokimlarining uçraşuvlari taşkil etilayotganligi bugun öz samarasini berib, yoşlarimiz özlarining fikr-mulohazalari va bugungi kunda yoşlar hayotida uçrayotgan muammolar yeçimini topişda dasturulamal bölib kelmoqda.

Uçraşuv yakunida tumandagi eng faol, iqtidorli yoşlar tuman hokimining taşakkurnomasi va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.

Ahror SODIQOV. “Kamolot” YoIH Matbuot xizmati xodimi