AQŞ mudofaa vazirligi Suriya hukumat kuçlarini Al Xasakidagi voqeadan keyin AQŞ va uning ittifoqçilari harbiy bazalari yaqinida jangovar harakatlar olib borişdan ogohlantirdi. 

Avval xabar qilinganidek, Suriya harbiy havo kuçlari samolyotlari Al Xasaki tumanidagi kurdlar egallab turgan manzillarni sönggi beş yilda birinçi marta öqqa tutgan edi. Kurdlarning Demokratik ittifoq partiyasi vakili Ibrohim Ibrohim Sputnik agentligiga bildirişiça, havo zarbalari tinç aholi orasida qurbonlarga sabab bölgan. Suriya harbiylari öz harakatlarini Kurdiston işçi partiyasining "Asaiş" jangovar qanoti özaro kelişuvni buzgani bilan izohlagandi. 

Pentagon vakilining sözlariga köra, AQŞ yetakçiligidagi xalqaro koalitsiya Al Xasaki hududidagi maxsus kuçlarini himoya qiliş maqsadida harbiy samolyotlarini yuborgan. Bu topşiriq, ikki tomon havo kemalari örtasida jangovar töqnaşuvga olib kelmagan, çunki Suriyaning Su-24 samolyotlari tumanni tark etgan bölgan. 

"Biz koalitsiya xizmatçilari tahlikali vaziyatda qolişini juda jiddiy qabul qilişimiz barobarida özimizni mudofaa qiliş huquqimiz bor", — degan Pentagon matbuot kotibi Jef Devis Wall Street Journal naşriga. 

Uning sözlariga köra, Pentagon ma'muriyati Suriya harbiylariga "yaxşilikça" Amerika kuçlari va ularning ittifoqçilariga qarşilik körsatmaslikni tavsiya qiladi. 

Uning aytişiça, AQŞ uçuvçilari suriyalik harbiylar bilan bevosita töqnaş kelmagan, bundan taşqari Suriya şimoli-şarqida parvozlardan xoli hududni e'lon qilmagan.