Bugun mamlakatlarning jahon hamjamiyatida tutadigan mavqe va nufuzi ular olib boradigan axborot siyosatiga çambarças boğliq bölib qoldi. Xalqaro maydonda keçayotgan bu jarayonlardan, albatta, Özbekiston ham çetda qololmaydi. Vaholanki, ayni paytda dunyoning turli mamlakatlari taşqi informatsion siyosatining asosini boşqa davlatlarga nisbatan axboriy xurujlar uyuştiriş taşqil qiladi. Xöş, buşaroitda Özbekistoning pozitsiyasi qanday bölişi kerak? Axborot xurujlari aslida qanday xafvni öz içiga oladi? Ularning oldini oliş mumkinmi?
Tahlillarimiz şuni körsatdiki, Özbekiston mavzusi köproq AQŞ, Turkiya, Rossiya hamda Örta Osiyo mamlakatlari ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritiladi. Xususan, Rossiyaning VTRK televideniyesi “Spetsialnyy korrespondent”körsatuvida Özbekiston mavzusi bir neça marotaba yoritilgan. Körsatuvining 2011 yil 24 aprel sonida namoyiş etilgan “Bez Rossii” hujjatli filmi Özbekistonda istiqomat qiladigan rus millatiga mansub aholining turmuş tarzini yoritişga bağişlanadi. Film muallifi – “Spetsialnyy korrespondent” körsatuvi muxbiri Aleksandr Rogatkin.
Film bir qança odamlarning töplanib xöroz uriştirayotgani sahnasi bilan boşlanadi. Vaholanki, bu kadrning film mavzusiga umuman aloqasi yöq. Aslida dastlabki soniyalardan boşlab tomoşabin ongini salbiy munosabatda bölişga dasturlab qöyiş uçun bu sahnadan foydalanilgan. U orqali vahşiy, yovvoyi odamlar obrazi yaratilgan. Natijada tomoşabin ongida bu obraz va özbek xalqi örtasida assotsiatsiyaqatori paydo böladi. Kadr film davomida bir neça marotaba qayta-qayta beriladi. Bu tomoşabin ongida hosil bölgan obrazni mustahkamlaş uçun qöllanilgan metoddir. Keyingi kadrlarda eşak-arava haydab borayotgan odam, it uriştiriş sahnasi, kasalvand rus ayoli körsatiladi. Tomoşabinda hosil bölişi möljallangan tasavvur: özbeklar – vahşiy xalq, ruslar Özbekistonda oç-noçorlikda hayot keçirmoqda. Muhimi şundaki, bu tasavvur film namoyiş etilişidan oldin tomoşabinga singdirilib bölindi. Ijtimoiy ong dasturlandi. Endi filmning özi bu tasavvurni mustahkamlaş vazifasini bajaradi. Bunda quyidagi manipulyativ metodlardan foydalanilgan:
- “Assotsiatsiya qatori” metodi (xöroz uriştiriş sahnasi – vahşiylik – özbeklar);
- “Birinçi kadr” metodi – auditoriya ongini oldindan muayyan munosabatda bölişga dasturlab qöyiş;
- “Şok terapiyasi” metodi – filmning birinçi sahnalaridan namoyiş etilgan vahşiylik sahnalari tomoşabin ongiga şok terapiyasi effektini körsatadi. Natijada muayyan vaqt davomida individ ongi öşa şok ta'sirida böladi va har qanaqa axborotni özlaştirişga tayyor böladi.
- “Yorliq yopiştiriş” metodi (özbeklar + vahşiylik)
Hujjatli filmda mavzuga aloqador bölmagan, biroq özbeklar haqida muayyan tasavvur şakllanişiga hizmat qiladigan kadrlardan köp foydalanilgan. Quyida hujjatli film matnidan olingan ayrim parçalarni tahlil qilamiz:
“Yakşanba kunlari şahar taşqarisida odamlar xöroz uriştiriş uçun töplanişadi. Aslida bu kabi totalizatorlar Özbekistonda ta'qiqlangan, biroq imi-jimida bölsa mumkin. Ğolib çiqqan xörozning egasi bitta oylik maoş yoki bir neçta nafaqa puliga teng mablağni yutib olişi mumkin”.
Bu sözlardan keyin Özbekistonda töplanadigan nafaqalar miqdori haqida gap ketadi. Göyo yuqoridagi gaplar bu mavzuga ötiş uçun aytilgani tasavvuri şakllantiriladi. Biroq, aslida xöroz uriştiriş öyinlari va nafaqalar örtasida heç qanday boğliqlik yöq. Bu yana bir karra özbeklarning vahşiy qiyofasini yaratiş uçun qöllanilgan metod, xolos. Umuman olganda, bu matning umumiy mavzuga kiriş qismi bölişi uçun körsatuv tematikasidan ança yiroq. Demak, u şunçaki manipulyativ ta'sir ötkaziş maqsadida qöllanilgan. Zotan, Özbekistonda istiqomat qilayotgan rus millatiga mansub aholi hayotini yoritiş va xöroz totalizatorlari örtasida heç qanday boğliqlik yöq.
Körsatuv davomida boşlovçi va respondentlar nutqida ayrim holatlarni maşara qiliş, kulguga oliş, piçing, kesatiqlar kuzatildi. Masalan:
- “Nafaqamisan nafaqa! Millionerlar!”
- “Töğri-da, yoş avlodga xalqlar döstligi va mehmondöstlik haqidagi qaraşlarni singdirişdan nima foyda?”
Körsatuvda har qanaqa holat muallif uçun kerakli bölgan rakursdangina yoritilgan. Masalan, körsatuv qahramonlaridan biri – nafaqaxör Atonina Nikolayevaning aytişiça, uning yaqinlari va qarindoşlari undan yuz ögirgan, faqatgina mahalladoşlari xabar olib turadi, har kuni galma-gal yöqlab çiqadi. Biroq bu jihatga boşlovçi e'tibor qaratmaydi, izohlamaydi. Negaki, qöşnisidan xabar oladigan özbeklar va yaqinidan yuz ögirgan ruslar haqidagi lavha körsatuvning umumiy maqsadiga zid kelgan bölardi. Yana bir vaziyatda qahramonlardan biri Valentina Zinkeviç “Nega Rossiyaga ketmaysiz?” degan savolga “Rossiyadagi hayot bu yerdagidan ham oğir” deb javob beradi. Biroq boşlovçi fikrni izohlaşni söramaydi, aksinça respondent gapi uzib qöyiladi. Buning örniga mualliflar boşqa holatlarga urğu berişni afzal topgan.
Körsatuvda faqatgina bitta nafaqaxör – Antonina Nikolayeva haqida gap boradi. Biroq boşlovçi buni umumiy holat sifatida körsatişga urinadi. Şuningdek, bu usul kasallikka çalingan rassom obrazi orqali aziyat çekayotgan rus diasporasi timsolini yaratiş uçun ham qöllanilgan. Zero, körsatuvning informatsion skeleti asli quyidagiça:
- Özbeklarning xöroz va it uriştiriş öyinlari;
- Nafaqaxör Antonina Nikolayevaning noçor turmuşi;
- Aldangan rassomning kasalga çalingani;
- Rus maktablarining yopilgani;
- Bezorilik qurboni bölgan qiz hikoyasi;
- Yelena Urlayevaning ruhiy kasalxonada majburan davolaniş ötagi haqidagi lavha.
Bu ma'umotlarning barçasi vaziyat haqida muayyan tasavvurni şakllantiriş uçun real holat voqeliklari içidan tanlab olingan. Aslida ular umumiy manzara haqida heç qanday tasavvur bermaydi. Bu axborotni saralab uzatişdir. Agar aksinça bölganida yuqorida salbiy jihatlar bilan birga ijobiy taraflar ham körsatilgan, xususiy holatlar emas, umumiy vaziyat tilga olingan bölardi.
Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi holatlar auditoriyada Özbekiston va özbeklar haqida notöğri tasavvur uyğotişga qaratilganini ularda qöllangan bir qança manipulyativ metodlar tasdiqlaydi. Zero, bugungi kunda taşqi axborot siyosati olib boriş globallaşayotgan dunyo talablaridan biriga aylangan. Biroq bu siyosatning boşqa davlatlar imidjini putur yetkaziş va unga qarşi axborot uruşlari olib boriş orqali amalga oşirilişi – masalaning muammoli jihatidir.
Bugun axborot oqimini töxtatişning iloji yöq. Zero, har qanday yopiq jamiyatda ham axborot öz auditoriyasini topib boradi. Şu bilan birga, turli manipulyativ usullar bilan jamoatçilik fikriga ta'sir körsatişda davom etadi. Şunday ekan, şaxsning axboriy-psixologik xavfsizligi va tafakkur erkinligini ta'minlaş nihoyatda muşkul masala. Nazdimizda, bu mavzuga oid ilmiy tadqiqot işlarini davom ettiriş, axborot xurujlariga qarşi tezkor va hozirjavob milliy OAV faoliyatiini yölga qöyiş orqaligina muammoning yeçimini topiş mumkin.
Mohlaroyim QAYuMOVA,
ÖzDJTU xalqaro jurnalistika fakultetitalabasi












