AQŞning Alabama ştati, Mobil grafligidagi Sitronell şahrida 5 kişi öldirildi. Bu haqda mahalliy naşr Al.com ma'lum qildi.
Mahalliy politsiya bölimi vakilining aytişiça, halok bölganlar orasida homilador ayol ham bor. Qotillikni amalga oşirişda gumon qilingan şaxs qölga olindi.
Voqea joyida politsiyaçilar iş olib bormoqda. Hozirça qotillikning sabablari ham, u qanday amalga oşirilgani ham noma'lumligiça qolmoqda.












