Filippin prezidenti Rodrigo Duterte ma'lum qildiki, mamlakat BMT a'zoligidan çiqişi mumkin. Reyter agentligi xabariga köra, bunga taşkilot tomonidan Filippin politsiyasi narkotiklar savdosiga qarşi reydlarda qotilliklarga yöl qöyişda ayblagani sabab bölgan.
20 avgust kuni BMT Filippin hukumatini inson huquqlariga qarşi usullari uçun qoralagandi va tartibsiz ravişda qotilliklar sodir etişni bas qilişga çaqirgandi. Taşkilot iddaosiga köra, Filippinda jinoyatda gumonlanuvçilar sud-söroqsiz otib taşlanmoqda.
Duerte bu ölimlar politsiya faoliyati bilan boğliq emasligini aytib, BMTni diqqat bilan tekşiruvlar ötkazişga çaqirgan. Prezident taşkilotni va uning a'zolarini, xususan Filippinning yaqin ittifoqçisi hisoblanmiş AQŞni ayblab, BMT öz vazifalarini bajarmayotganini ta'kidlagan.
"Sizni kamsitişni istamayman. Lekin ehtimol biz BMT bilan xayrlaşişimizga töğri kelar. Biz nega bu ahmoqlarni tinglaşga majbur bölişimiz kerak?", — degan u telemurojaat vaqtida.
Duerte Xitoy va boşqa yirik davlatlar bilan boşqa muqobil taşkilot tuziş ehtimoli haqida gapirgan.
Rodrigo Duterte giyohvandik muammosiga qarşi katta kuraş boşlagan. Agentlikning qayd etişiça, uning prezidentligi davrida narkotiklar savdosiga aloqador 900 kişi öldirilgan.












