Germaniyada 70 nafar saraton bilan kasallangan bemorning özini tabib deb hisoblovçi kimsaning şifoxonasida davolangandan keyin vafot etişi yuzasidani tergov olib borilmoqda, deb xabar bermoqda WDR teleradiokompaniyasi.
Şifoxonada Germaniya, Belgiya va niderlandiyalik bemorlar davolanişgan. Davolaş kursi 10 ming dollar turgan. Şifoxonada davolaşda odamlarga ta'siri yaxşi örganilmagan dori vositalari qöllangan. Dori vositalarining salbiy ta'sirlari, samaradorligi noma'lum bölsa-da, ular foydalaniş uçun ma'qullangan bölgan, Germaniya mutassadi idoralari tomonidan ularning qöllanişi qonunan taqiqlanmagan bölgan.
WDR ma'lumotlariga köra, bemorlar ölimining bevosita sabablari örnatilmagan. Taxminlarça, ölim saraton yoki noqonuniy vositalar bilan davolaş oqibatida yuz bergan bölişi mumkin. Bir qator bemorlar davolaş kursidan söng oğir kasalliklardan aziyat çekişgan. Telekanal bu kasalliklar haqida ma'lumot bermagan.
Tergovçilar tafsilotlarni örnatiş uçun bir neça vafot etganlarning jasadlarini eksgumatsiya qilib, ularning ölimi sabablarini aniqlaşmoqçi.












