Beton eng keng tarqalgan quriliş materiallaridan biri bölsa-da, u bir yomon xususiyatga ega. U vaqt ötgani sari juda qurib ketadi, darz ketadi va natijada kuçli bosim ostida sinişi mumkin. Nanyan texnologiya universiteti (Singapur) olimlari bu quriliş aşyosini qanday qilib mustahkamlaşni öylab topişdi va uni egiluvçan qilişga muvaffaq bölişdi.
Odatda beton sement, şağal, qum va suv aralaşmasidan yaratiladi. Singapurlik olimlar öylab topgan ConFlexPave materiali beton tarkibiga yana bir komponent - polimer mikrotolalarni qöşadi. Ular inson soçidan yupqa, lekin betonga qöşilganda uni mustahkamlaş xususiyatiga ega.

ConFlexPave yaratuvçilarining sözlariga köra, u yangi quriliş materiali "metall kabi moslaşuvçan va oddiy betonga nisbatan kamida ikki karra köp yukni kötarişga qodir".
Yangi materialni zavodda tayyorlab, keyin quriliş maydoniga keltiriş mumkin. Bu barça uçun birdek qulaylik tuğdiradi.
Bugungi kunga kelib, yangi ConFlexPave marteriali faqat labaratoriyada sinovdan ötkazilgan. Bu yerda odatiy stol ölçamidagi plitalar qöllangan. Keyinçalik bu materialdan universitet kampusi hududida yangi obektlar qurilişida foydalaniş rejalaştirilmoqda. Ularning mustahkamlik darajasi uç yil davomida sinaladi.












